Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13 yoshli qizning nomusiga tekkan IIB xodimi 15 yilga «kesildi»

13 yoshli qizning nomusiga tekkan IIB xodimi 15 yilga «kesildi»

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 25 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudida M. J.ga (1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Mirobod tumani IIO FMB 3-son IIB HPB profilaktika inspektori bo‘lib ishlagan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudining sudyasi J. Xojayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq M. J. voyaga yetmagan Z. D.ga (2010 yilda tug‘ilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Bundan tashqari, sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 417-moddasi (jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari) tartibida M. J.ga o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish uchun shart-sharoit yaratib bergan Sh. A., M. Z. va F. M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini xal qilish uchun Bo‘stonliq tumani prokuroriga xabar yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring