Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YHX inspektori: «Nima deysan?! Ol, chekkaga!»

YHX inspektori: «Nima deysan?! Ol, chekkaga!»

Skrinshot: «Facebook»

Ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimi bilan bog‘liq og‘riqli lavha tarqaldi.

Davlat belgisi 01 475 VSF bo‘lgan «Neksiya-2» rusumli xizmat mashinasida harakatlanayotgan YHX inspektoriga haydovchi yaqinni yorituvchi chiroqni yoqvolishini eslatadi. Bunga javoban ispektor: «O‘zing yoqib yuraver!» ma’nosida gap aytadi. Haydovchi: «Nima, yangi qoidani sizga (YHX xodimlariga) taalluqli emasmi?» ma’nosidagi savoliga inspektor asabiy tarzda: «Ha, menga taalluqli emas, nima deysan?» mazmunida gapirib, darhol unga mashinasini chetga olib, to‘xtashni buyuradi...

Kunduziyam chiroqni yoqib yurish shart qilingan qoida shundog‘am keng jamoatchilikning noroziligiga uchrab, bahs-munozaralar pasaymayotgan shu kunlarda YHX xodimining o‘zini bunday tutishini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. O‘sha inspektorning xizmat avtomashinasini boshqarayotgan chog‘ xavfsizlik tasmasini taqmagani, shuningdek, boshida furajka, qo‘lida tayoq bo‘lmagan holda haydovchiga (hech bir sababsiz!) mashinasini chekkaga olib, to‘xtashga buyurishi soha xodimlari bilan hali ko‘p axloqiy-tarbiyaviy ishlar qilish kerakligini ham ko‘rsatadi.

Mazkur lavha yuzasidan Ichki ishlar vazirligi rasmiy ma’lumot bergani yo‘q hali.

Kutyapmiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring