Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada 125 kishini olib ketayotgan kater kit bilan to‘qnashdi

Yaponiyada 125 kishini olib ketayotgan kater kit bilan to‘qnashdi

Foto: «Mainichi.jp»

Yapon dengizida, Niigata prefekturasida yo‘lovchi tez suzar kateri yirik dengiz jonivori (bu kitligi taxmin qilinmoqda) bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 87 kishi jarohat olgan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir, deyilmoqda.

«Ginga» kateri Niigata portidan Sado oroliga yo‘l olgandi. Kema bortida 121 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Kater katta tezlikda orolga yaqinlashib qolganida noma’lum suv osti ob’yektiga urilib ketgan. Dengiz xavfsizlik xizmati kit bilan to‘qnashuv sodir bo‘lganini ehtimolda tutmoqda. Oqibatda katerning quyruq qismida 15 santimetrli yoriq paydo bo‘lgan, suv osti qanotlari shikastlangan, uning bortidagi deyarli har bir yo‘lovchi turli darajadagi jarohatlar olgan.

Niigata va Sado oroli o‘rtasida muntazam qatnovchi «Ginga» kateri tezlikni soatiga 80 kilometrgacha chiqara olgani bois uni «suv samolyoti» deb ham atashadi, bortiga 250 yo‘lovchi sig‘adi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring