Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Valyutafurush» tezkor xodimlardan qochib, o‘zini kanalga tashladi

«Valyutafurush» tezkor xodimlardan qochib, o‘zini kanalga tashladi

Foto: «Xabar.uz»

Qalbaki AQSh dollarini o‘tkazayotgan «valyutafurush» qo‘lga tushmaslik uchun o‘zini kanalga tashladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Gap shundaki, fuqaro B.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro J.M.ga qalbaki 10 000 AQSh dollarini 6 880 AQSh dollariga sotishga kelishadi. Kelishuvga muvofiq, u Oltinko‘l tumanidagi «Mayramxon» kanali yonida fuqaro J.M. bilan uchrashib, unga qalbaki 7 900 AQSh dollarini beradi. Qolgan 2 100 AQSh dollarini boshqa cho‘ntagidan olayotib, tadbir o‘tkazilayotganligini sezib qoladi. Darhol qochishga tushgan B.K. o‘zini «Mayramxon» kanaliga tashlaydi. Biroq harakatlaridan naf chiqmaydi: u Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va viloyat DXX tezkor xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Hozirda B.K. va boshqalarga nisbatan (Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring