Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchquduqda 8 yoshli bola 5-qavatdagi balkonda osilib qoldi (video)

Uchquduqda 8 yoshli bola 5-qavatdagi balkonda osilib qoldi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Navoiy viloyati Uchquduq shahrida 5-qavat balkonida osilib qolgan 8 yoshli bolani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari qutqardi.

Shu kuni Uchquduq shahrida yashovchi 2-sinf o‘quvchisi Temur Muxtorov uyda yolg‘iz qolib, 5-qavatda joylashgan xonadon devorining raxida deraza romidan ushlagancha turib qolgan. O‘z kuchi bilan vaziyatdan chiqish harakati kutilmagan asoratlar bilan tahdidli edi.

Shu bois bolakayning otasi 6-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismidan yordam so‘raydi. Qismning yong‘in o‘chirish bo‘linmasi xodimlari manzilga tezda yetib kelib, ishg‘ol qilish narvoni yordamida bolakayni qutqarishdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring