Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Putin va Zelenskiy surati chizildi

Toshkentda Putin va Zelenskiy surati chizildi

Taniqli ko‘cha rassomi Inkuzartning Toshkentda yana bir surati paydo bo‘ldi.

Bu safar rassom notekis devor yuzasiga Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy portretini chizgan. Bir tarafdan qaralganda Putin, ikkinchi tomondan qaralganda Zelenskiy ko‘rinadi.

Muallif o‘z postida «Kim haq yoki nohaq — bu qaysi tomondan qarashga bog‘liq», – deb rus va ukrain tillarida izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Inkuzart bir galgi ijodini O‘zbekistondagi avtomobil monopoliyasiga bag‘ishlagandi. O‘sha surat ko‘p vaqt o‘tmay o‘chirib tashlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring