Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB Sergelidagi ayanchli YTH tafsilotlarini ochiqladi

IIBB Sergelidagi ayanchli YTH tafsilotlarini ochiqladi

Foto: Toshkent shahar IIBBmatbuot xizmati

17-sentyabr kuni 31 yoshli Farrux T. «Lacetti» avtomobilini mast holatda Sergeli tumani Chinor ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borgan.

U Chinor va Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari kesishmasi yaqinida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi do‘konga to‘qnashib, so‘ng chetda turgan ikki nafar piyodalar – 24 yoshli Muhammad T. va 22 yoshli Alfiya B.larni urib yuborgan, yo‘l chetida to‘xtab turgan 32 yoshli Kamola N. boshqaruvidagi «Spark»  avtomobiliga to‘qnashgan.

Haydovchining ko‘rsatmalariga ko‘ra avtomobil tezlikni oshirib harakatlangan.

Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelishi bilan guvohlar haydovchi YTH joyini tark etishga harakat qilganligini, ammo ular tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qilishdi.

YTH sababli ikkala piyodalar ham shifoxonaga yetkazildilar. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda tergov olib borilmoqda, bir qator ekspertizalar belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring