Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli aktyor Po‘lat Saidqosimov shoshilinch operatsiya qilindi

Taniqli aktyor Po‘lat Saidqosimov shoshilinch operatsiya qilindi

Foto: «Kino-Teatr.RU»

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida filmga tushayotgan taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimovning to‘satdan tobi qochib qoldi. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, aniq tashxis qo‘yilib, vaqtida Toshkent shahriga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borildi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov xabar bermoqda, deb yozdi «O‘zA».

Ma’lum qilinishicha, Po‘lat Saidqosimovni 15-yanvar kuni kechqurun qorin sohasidagi og‘riq bezovta qila boshlaydi. Bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, vrachlar tomonidan to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilishi uchun shifoxonaga yotqizilishi kerakligi to‘g‘risida tavsiya beriladi, lekin bemor «yaxshi bo‘lib qolaman, doimgi bo‘lib turadigan og‘riq» deb unamaydi.

Bemorda 16-yanvar kuni qorin sohasidagi og‘riq qaytalangandan so‘ng soat 16.10 da Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasining xirurgiya bo‘limiga yotqiziladi. Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasi xirurglari tomonidan bemor ko‘rilib, bemorda «O‘tkir ichak tutilishi» tashxisiga shubha qilinadi. Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi rahbariyati zudlik bilan viloyatda tashkil etilgan vertikal boshqaruv asosida bemorga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazi Farg‘ona filialining oliy toifali yuqori tajribali xirurglari Umid Sirojiddinov va Hojiakbar Hojiyevlar boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga asosan qisqa vaqt ichida Qo‘qon shahriga yetib kelishib, bemorni barcha yuqori texnologik murakkab tekshiruvlardan o‘tkazdi. Bemorga shoshilinch operatsiya o‘tkazilishi va buning uchun bemorni qisqa muddatli tayyorlovdan o‘tkazilishi tavsiya etilgan, lekin bemor va uning qarindoshlari bemorni Toshkent shahriga olib borish imkoniyatini yaratib berilishini iltimos qilishgan.

Shundan so‘ng mutaxassislarni konsiliumi tashkil etilib, bemorni transportda Toshkent shahrigacha maxsus reanomobilda olib borilishi mumkinligi va uning hayotiga xavf tug‘dirmasligi kafolatlangandan so‘ng, bemorni Qo‘qon shahar tez tibbiy yordami stansiyasi bosh vrachi Akramjon O‘rmonov, kardiolog Tohirjon Tojiyev va hamshira Namunaxon Usmonovalar tomonidan «TOYOTA» rusumli reanomobilda 2 soatu 55 daqiqa ichida bemorga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan operatsiya oldi tayyorlov ishlarini yo‘lda ketish davomida mahalliy kadrlarimiz tomonidan hech qanday qiyinchiliklarsiz amalga oshirilgan.

Toshkent shahriga Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markaziga olib borildi. Bemorni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori tibbiyot fanlari doktori, professor A.Hadjibayev o‘zi ko‘rikdan o‘tkazib operatsiya amaliyotini ham shaxsan o‘zi amalga oshirgan. Tekshirishlar jarayonida bemorga farg‘onalik vrachlar tomonidan qo‘yilgan tashxis o‘z tasdig‘ini topgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring