Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda ayol qorovulxonada osilgan holda topildi

Surxondaryoda ayol qorovulxonada osilgan holda topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida yashovchi E. Abduraimovning «Kelin bo‘lib borgan qizimni kuyovim va akasi o‘ldirdi» sarlavhasi video xabar tarqaldi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, A.Qobilova tumandagi fermer xo‘jaligiga qarashli qorovulxonada turmush o‘rtog‘i bilan birga yashab kelib, 2021-yil 18 dekabr kuni o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhuma A.Qobilovaning o‘limiga bo‘yin a’zolarini yakkalik sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfeksiyasi oqibatida o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi tufayli yuz bergani, tanasida o‘limi bilan bog‘liq biror-bir tan jarohati va ularning bevosita qoldirgan izlari aniqlanmagan.

Shuningdek, marhuma A.Qobilovaning otasi E.Abduraimov 2008 yildan hozirgi kunga qadar Oltinsoy tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi ruhiy-asab kasalliklar xonasida dispanser hisobida ro‘yxatda turishi aniqlandi. 

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida A.Qobilovaning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaganligi sababli Denov tumani prokuraturasi tomonidan 18.01.2022 yilda JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring