Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Surxon» futbolchilari ishi bo‘yicha IIBB ma’lumot berdi

«Surxon» futbolchilari ishi bo‘yicha IIBB ma’lumot berdi

Foto: UzNews.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxon» jamoasi futbolchilari va rahbariyati o‘rtasida maosh to‘lanmagani sababli janjal chiqqani to‘g‘risida video tarqaldi. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

17 sentabr kuni «Surxon» futbol klubi binosida sobiq futbolchilar J.E. va A.X. hamda jamoa sardori A.G. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Bunga futbolchilar bino devoriga rahbariyat nomiga haqoratli yozuvlar qoldirganliklari sabab bo‘lgan. Shu kunning o‘zida Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMBga sportchilardan badan shikastlari yetkazilgani to‘g‘risida ariza kelib tushgan.

«Mazkur fakt bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy chora ko‘riladi», deyiladi IIBB xabarida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring