Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda IIB xodimiga 4 ming dollar pora bergan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda IIB xodimiga 4 ming dollar pora bergan shaxs qo‘lga olindi

Foto:«Iiv.uz»

Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaro Sh.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilgan. Natijada fuqaro uyida tarkibida oltin moddasi bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan toshlarni maydalash uchun mo‘ljallangan tegirmon, tegirmon ichidan 300 kilogramm qum, 25 qop tosh (2 tonna), 31 qop qum (1,5 tonna)lari aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shu vaqtda Sh. ning xonadoniga qarindoshi fuqaro B. kelib, tosh va qumlarni hujjatlashtirib olib ketmaslik evaziga IIB xodimlariga 2.000 AQSh dollarini taklif qiladi.

«Ishni bosdi-bosdi qilish uchun kelishuv» 4.000 AQSh dollari miqdorigacha ko‘tarilib, fuqarolar pora taklif qilishda davom etadi.

IIB xodimining qilgan murojaatiga asosan, 15-sentyabr kuni IIV xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B. IIB xodimiga 17.000.000 so‘m miqdordagi pullar va 1.900 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda prokuratura organlari tomonidan har ikkala fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring