Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbeklarning politsiyaga hujum qilgani tasdiqlandi

Rossiyada o‘zbeklarning politsiyaga hujum qilgani tasdiqlandi

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida 9-sentyabr kuni sodir bo‘lgan hodisani tasdiqladi.

Huquqni muhofaza qilish organlari bergan xabarga ko‘ra, politsiya tomonidan to‘xtatilgan avtomobil haydovchisi va ikki yo‘lovchisi politsiya xodimining qonuniy talablarini bajarishmagan va unga tan jarohatlari yetkazishgan.

Haydovchi va bir yo‘lovchi qo‘lga olingan. Uchinchi ishtirokchini qidirib topish va qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyat nazoratga olgan va Sankt-Peterburg shahrining tergov organlari bilan ishchi aloqalar o‘rnatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring