Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qulupnay sotuvchilar IIB binosiga qamab qo‘yilgani aytilmoqda

Qulupnay sotuvchilar IIB binosiga qamab qo‘yilgani aytilmoqda

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Yuqori Chirchiqda qulupnay sotuvchilarning mahsulotlari yerga sochib tashlangani, sotuvchi ayollar IIB binosiga qamab qo‘yilgani, mahsulotlari olib qo‘yilib, yaroqsiz holga kelgani aks etgan videolar tarqaldi.

Toshkent viloyati IIB vaziyat nazoratga olinganini xabar berdi.

IIV matbuot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosov esa «yuzaga kelgan xavf zudlik bilan bartaraf etilib, jamoat xavfsizligi ta’minlangan»ini qayd etdi.

Uning ma’lum qilishicha, Yuqori Chirchiq tumanida yo‘lning qatnov qismida, harakat xavfsizligiga xalaqit berib qulupnay savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning, jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida jalb etilgan ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, janjal uyushtirganliklari aks etgan videolari tarqalmoqda.

«Albatta, yuzaga kelgan xavf zudlik bilan bartaraf etilib, jamoat xavfsizligi ta’minlangan. Jamoat tartibini buzgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlanib, ular bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyida, qasddan, ichki ishlar organlari xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaslik, ularga qarshilik ko‘rsatish kabi chaqiriqlar qilgan fuqarolar ham aniqlangan.

Holat yuzasidan rasmiy munosabat tayyorlanmoqda va tez fursatda e’lon qilinadi», deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring