Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda ayollar shahar hokimligi oldidagi yo‘lni to‘sdi

Qo‘qonda ayollar shahar hokimligi oldidagi yo‘lni to‘sdi

Foto: «Kun.uz»

Qo‘qonda gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar norozi ayollar shahar hokimligi oldidagi yo‘lni to‘sgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Voqea bugun, 28-dekabr kuni tongda bo‘lgani aytilmoqda, deb xabar berdi «Daryo».

«Hokimiyat atrofida yashovchi ayollar hokimiyat binosi oldidagi yo‘lni to‘sishyapti. Chunki uylarida gaz ham, svet ham yo‘q. Mutasaddi xodimlarni bir necha marta chaqirdik, lekin ular bizni eshitishni istamadi. Gaz-svet yo‘qligidan to‘yib ketdik haqiqatan ham», — deydi holatni videoga olgan ayol.

Avtomobillar yo‘lni to‘sgan ayollarning orasidan o‘tib ketishga urinayotganida, videoga olayotgan ayol haydovchiga qarata: «Urib ketishingiz mumkin, bemalol. To‘yib ketganmiz, baribir uy sovuq», — deydi. Shu vaqt hokimlik binosi oldiga ichki ishlar xodimlari yetib kelgan.

Holat yuzasidan hozircha rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.

Avvalroq Surxondaryoning Muzrabot tumanida ham shunday holat kuzatilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring