Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda devor qulashi oqibatida uch kishi vafot etdi

Qibrayda devor qulashi oqibatida uch kishi vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Qibrayda fojia yuz berdi. Kecha soat 16:45larda tumanning Baytqo‘rg‘on MFYdagi «Baytqo‘rg‘on temir beton mahsulotlari» MChJ hududida balandligi 4 metr va uzunligi 95 metrlik devor qulab tushdi.

Natijada ushbu devorga tutash ayvonda ishlayotgan 3 nafar MChJ ishchisi beton g‘ishtlar bosib qolishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan JKning 258-moddasi (qurilish  ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring