Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ayol hokimiyatdan pul so‘ramagani uchun o‘z onasini urib, tahqirlagani aytildi

Qashqadaryoda ayol hokimiyatdan pul so‘ramagani uchun o‘z onasini urib, tahqirlagani aytildi

Mahalliy OAVda «Qarshida istiqomat qiluvchi ayol keksa onasi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lib, unga qo‘l ko‘tardi» nomli video e’lon qilindi.

Videoda nogironlar aravachasidagi keksa ayolni turtib, unga qo‘pollik qilayotgan yana bir ayol aks etgan.

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahar «Shayxali» mahallasi Bo‘ztepa ko‘chasi 18-yotoqxona 56-xonada yashovchi fuqaro O. Ximmatova onasi, 1- guruh nogironi Mingbayeva Aytosh bilan birga yashab keladi.

13-iyul kuni O. Ximmatova o‘z onasi 1- guruh nogironi Mingbayeva Aytosh bilan birga Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi binosi oldiga onasini hokimiyat vakillaridan pul undirish maqsadida olib kelgan.

Onasini yuqoridagi manzilda qoldirib, o‘z ishlari bilan ketib, qaytib kelgach, onasiga «nega hokimiyat vakillaridan pul so‘ramading?!» – deb tahqirlagan.

Zo‘ravon ayolning oilasiga 2020-yil yanvar oyidan 2021-yil iyul oyigacha oziq-ovqat va naqd pul shaklida moddiy yordam berilgan.

O. Ximmatovaning onasiga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari viloyat IIB XQMB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring