Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qamchiq»da «Cobalt» avariyaga uchradi

«Qamchiq»da «Cobalt» avariyaga uchradi

Foto: FVV

Bugun, soat 11:56 da «Qamchiq» dovonidan o‘tuvchi A-373- «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 235 kilometrida sodir bo‘lgan YHT oqibatida avtomobilda qisilib qolgan fuqaro qutqarildi.

«Vodiy – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib borayotgan «Cobalt» rusumli avtomashina o‘z boshqaruvini yo‘qotib, avval yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa, so‘ng yo‘l chetida turgan «MAN» rusumli yuk avtomashinasiga borib urilgan. Oqibatda 4 nafar yo‘lovchi turli ko‘rinishdagi yengil tan jarohatlari olgan. 

Voqea joyiga o‘z vaqtida yetib kelgan «Qamchiq» qutqaruv otryadi qutqaruvchilarining sa’y-harakatlari natijasida YTHda jabrlangan 4 nafar fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring