Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oltinchi qavatdan tushib ketgan bolakayni qo‘shnilar qutqarib qoldi (video)

Oltinchi qavatdan tushib ketgan bolakayni qo‘shnilar qutqarib qoldi (video)

Skrinshot

Uch yoshli bolakay turarjoy binosining oltinchi qavati balkonida o‘zini bazo‘r tutib turganida va nochor chayqala boshlaganida bir guruh qo‘shnilar eng oqilona qutqarish taktikasini ishlab chiqishdi. Xitoyliklar yosh bolani qanday qutqargani haqida «Goodnewsnetwork» xabar berdi.

Chunsin shahrining videokuzatuv kadrlarida murg‘ak bolakay barmoq uchlarida osilib turganini, bu vaqtda esa pastda bezovta yo‘lovchilar to‘planganini ko‘rish mumkin.

Garchi bolakay balkonga ko‘tarilishga urinayotgan bo‘lsa-da, o‘zini xavfsiz joyga chiqarolmayapti.


Mavzuga oid: Toshkentda o‘zini yuqori qavatdan tashlamoqchi bo‘lgan shaxs qutqarildi (video)


Yaxshiyam, ko‘chmas mulk xodimi Chju Yanxuey bolaga yordam berish yo‘lini o‘ylab topdi.

— Boshimni ko‘tarib qarasam, u yerda kichkina bolakay osilib turganini ko‘rdim. Birinchi xayolimga kelgan fikr uni ushlab olish uchun biror nima topish bo‘ldi. Dastlab men u yerga otilib, qo‘lim bilan ushlab olsam-chi, deb o‘yladim. Lekin bu ish bermasdi, — deydi u. — Faqat hayotini saqlab qolish haqida o‘ylardim.

Bir nechta odamlar har ehtimolga qarshi bolaning tagida adyolni tortib turishdi.

10 soniya o‘tar-o‘tmas bolakay balkondan uzildi va pastdagi adyolga eson-omon tushdi.

Qo‘shnilar uni shifoxonaga yetkazishdi. Shifokorlar bolaga hech nima qilmaganini aytishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring