Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘ldirsa ham osh o‘ldirsin» — Hindistonda bu rostga aylandi

«O‘ldirsa ham osh o‘ldirsin» — Hindistonda bu rostga aylandi

Foto: «AP»

Hindiston janubida vegetariancha palovdan zaharlanish oqibatida yetti kishi vafot etdi, 80 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda «Times of India» gazetasi xabar berdi.

Noxush voqea Chamrajnagar okrugidagi ibodatxonaning darvoza minorasi qurilishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda yuz berdi.

Shifoxonadagi 11 kishining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

— Ovqatlanib bo‘lgach, odamlarda ko‘ngil aynishi kuzatilib, ular behush yiqila boshlagan, — deyiladi xabarda.

Gazetaning yozishicha, voqea joyi atrofida 60 tacha qushning o‘ligi topilgan. Ular ham shu ovqatdan zaharlangani gumon qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring