Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noxush xabar. Xorazmda is gazidan bir oilaning to‘rt a’zosi vafot etdi

Noxush xabar. Xorazmda is gazidan bir oilaning to‘rt a’zosi vafot etdi

Kollaj: «Xabar.uz»

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Mazkur holatni Bosh prokuratura tasdiqladi.

Mahkama matbuot xizmati  bayonotiga ko‘ra, 22.10.2019-yil soat 22.00da  tumanning Ostona qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.G‘. (1974-y.t., yakka tartibdagi tadbirkor), turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari qo‘lbola isitish pechini yonida uxlab qolib, xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Afsuski, qish mavsumi kirishi bilan is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush xabarlar yana tarqala boshladi. O‘tgan yili ham mamlakatimizning turli burchaklarida shunday ko‘plab fojiali hodisalar sodir bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring