Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi, 8 nafari esa jarohatlandi

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi, 8 nafari esa jarohatlandi

Shu yilning 5-yanvar kuni soat 06.40 atrofida Navoiy viloyati Konimex tumanida «Neksiya» rusumli avtomobil Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatining ishchi-xodimlarini olib ketayotgan «Isuzu» avtobusi bilan to‘qnashib ketgan, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Ushbu avtohalokat natijasida ikki nafar fuqaro – Tomdi tumanida yashagan 58 yoshli A.M. va Konimex tumanidan M.U. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Sakkiz nafar fuqaro esa Konimex tumani Zafarobod posyolkasidagi Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga qarashli 5-sonli tibbiy sanitariya qismiga tez tibbiy yordam brigadasi yordamida olib kelingan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur tibbiy sanitariya qismiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialidan malakali neyroxirurg va travmatolog mutaxassislar Sanitar aviatsiya orqali jo‘natilgan.

Jarohatlanganlar zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ulardan bittasining ahvoli og‘ir, uchtasining ahvoli esa esa o‘rtacha og‘irlikda, qolgan to‘rt nafarining ahvoli qoniqarli darajada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring