Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi gumburlash siri mutaxassislarga ham ayon emas

Namangandagi gumburlash siri mutaxassislarga ham ayon emas

Foto: «Flickr»

Kecha, 14-dekabr kuni chamasi soat 10.00larda Namanganda yana portlashni eslatuvchi gumburlash ovozi eshitilgani haqida xabar bergan edik.

Shu yilning 6-dekabrida ham Namangan shahri va uning atroflaridagi tumanlarda shunday hodisa kuzatilgandi.

Bunday portlash ovozlari sababi nimada ekaniga rasmiy izoh berilmagani sabab, aholining xavotiri ortib bormoqda.

«O‘zA» nashri vahima va mish-mishlarning oldini olish maqsadida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bilan bog‘langan.

«Ovoz eshitilgani rost. Biz shu zahoti barcha tumanlardagi bo‘linmalar, ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi, gidrometeorologiya, seysmologiya xizmatlari bilan tezkor bog‘lanib olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, viloyat hududida hech qanday portlash yoki tabiat hodisasi ro‘y bermagan. Shuningdek, boshqarma navbatchilik qismiga ham fuqarolardan favqulodda holat haqida murojaat kelib tushmadi. Ovozning manbasi hozircha noma’lum. Uni aniqlash bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda. Sababi aniqlansa, albatta yurtdoshlarimizga ma’lum qilinadi», — degan boshqarma boshlig‘i B.Ashurov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring