Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namangandagi barcha attraksionlar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi

Namangandagi barcha attraksionlar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi

Uznews.uz

Namangan viloyatida mavjud barcha attraksionlarni navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Namangan hokimligi 30-sentyabr kuni Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida qurilishi to‘liq bitkazilmagan “Spin block” attraksioniga sinovdan o‘tkazilayotgan vaqtda baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumgan 18 yoshli qiz oilasiga va yaqinlariga chuqur hamdardlik ham bildirgan.

Hokimiyat bayonotida ish joylarida texnika xavfsizligini ta’minlash borasida viloyatda olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish kerakligiga urg‘u berilgan.

Viloyat hokimligi viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda sodir bo‘lgan holatni o‘rganmoqda.

30-sentyabr kuni soat 15:40larda Namangan shahridagi ko‘ngilochar istirohat bog‘ida qutqaruvchi vazifasida ishlagan qiz bog‘da joylashgan, qurilishi to‘liq bitkazilmagan «Spin block» attraksioniga sinov o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Shu vaqtda u attraksionga ruxsatsiz chiqib, ehtiyotsizligi oqibatida temir trubaga urilib, voqea joyida vafot etgan.

Tergovga qadar tekshiruvda bu qiz (2001-yilda tug‘ilgan) «Namangan Istiqlol bog‘i» MChJga qarashli ko‘ngilochar bog‘da avgust oyidan beri qutqaruvchi vazifasida ishlab kelgani va uning asosiy ish joyi bog‘da joylashgan «akvapark» suv havzasida bo‘lgani aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring