Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya mashinasi urib yuborgan fuqaro vafot etdi

Milliy gvardiya mashinasi urib yuborgan fuqaro vafot etdi

Joriy yilning 2-aprel kuni Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga tegishli bo‘lgan «UAZ Pikap» rusumli avtomashinasida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

Ushbu xizmat avtomashina haydovchisi S.Sh. xizmat yuzasidan Farg‘ona tumani, «Farg‘ona-Vodil» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida, piyodalar o‘tish uchun belgilanmagan joyda chap tomondan o‘ng tomonga qarab yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro B.N. ni urib yuborgan.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchi o‘zining avtomashinasida ushbu fuqaroni Shoshilinch tez tibbiy yordam Farg‘ona shahar filialiga olib borgan. Afsuski, jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Farg‘ona viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda. Xizmat avtomashinasi prokuratura ixtiyoriga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring