Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktabdagi janjal: tarbiyachi o‘quvchining qorniga musht tushirdi

Maktabdagi janjal: tarbiyachi o‘quvchining qorniga musht tushirdi

Foto: «fabiosa.ru»

O‘rta maktabning chaqiriqqa qadar yoshlarni tarbiyalovchisi 11-sinf o‘quvchisi qorniga musht tushirdi. O‘quvchi kasalxonaga yotqizildi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hodisa Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida joylashgan o‘rta maktabda, 2019-yilning 23-fevral kuni sodir bo‘lgan.

Chaqiriqqa qadar yoshlarni tarbiyalovchisi D.B. sinf xonasida o‘zaro janjal oqibatida shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi J.X.ning qorniga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada J.X. kasalxonaga yotqizilgan. D.B. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring