Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘onda ikki qavatli uyda gaz portladi. Vafot etganlar bor (foto)

Kattaqo‘rg‘onda ikki qavatli uyda gaz portladi. Vafot etganlar bor (foto)

12 aprel kuni soat 06:43 da Kattaqo‘rg‘on shahar Go‘zalkent mahallasi, Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida is gaz siqilishi natijasida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV rasmiy kanali tomonidan xabar berildi.

Chaqnash oqibatida ikki fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi, besh nafar fuqarolar turli tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring