Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Haydovchi yuziga hujjatlarni otib ketgan GAI» bo‘yicha ma’lumot berildi

«Haydovchi yuziga hujjatlarni otib ketgan GAI» bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqda «Toshkent shahrida GAI haydovchini yuziga hujjatlarni otib ketib qoldi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 noyabr kuni soat 19:50 larda Shayxontohur tumani, «A.Navoiy-Labzak» ko‘chalari kesishgan chorrahada xizmat olib borayotgan YPX xodimi B.Sadikov tomonidan «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi piyodalarga yo‘l bermaganligi bois to‘xtatilgan.

O‘zaro muloqot vaqtida haydovchi e’tirozlari borligini aytgan. Videoda xodim hujjatlarni haydovchining qo‘liga bermay, avtomobil saloniga tashlab ketib qolganligi aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv davomida videoda aks etgan barcha holatlarga hamda YPX xodimining xatti-harakatiga huquqiy baho beriladi.

Yuqoridagi holat yuzasidan joriy yilning 4 noyabr kuni haydovchining qoidabuzarligi isbotlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring