Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Nexia» kanalga tushib ketdi

Farg‘onada «Nexia» kanalga tushib ketdi

Bunga avtomobil haydovchisi  ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

FVV xabariga ko‘ra, 2023 yil 13 fevral kuni soat 08:05 da Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 qisqa raqamiga «Nexia» rusumli avtomobil haydovchisi  ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Oltiariq tumani «Poloson» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Baziquvur» kanaliga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring