Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘stonliqda o‘t balosi: yettita qo‘shnining uyi yonib ketdi

Bo‘stonliqda o‘t balosi: yettita qo‘shnining uyi yonib ketdi

Kecha, 20-sentyabr kuni Bo‘stonliq tumanidagi Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan yettita uy yonib ketdi. Bu FVV xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 14:00 larda Shirmonbuloq ko‘chasidagi uylarning birida yong‘in kelib chiqqan. Shamol tufayli olov qisqa vaqt ichida yonma-yon joylashgan yetti qo‘shning uyini qoplagan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun Toshkent viloyati FVB xodimlari yetib kelishgan va ular bir necha soat davomida yong‘in bilan kurashishgan.

Hodisa oqibatida uy bekalaridan biri jabrlangan.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring