Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avgustda Yer aholisi g‘ayrioddiy voqeaga guvoh bo‘lishi kutilmoqda

Avgustda Yer aholisi g‘ayrioddiy voqeaga guvoh bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Avgustda «super oy» hodisalari oyning boshida va oxirida sodir bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi sayti xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, bu atama to‘lin oy Yerga eng yaqin nuqtada yaqinlashishini, yo‘ldosh o‘zining eng uzoqdagi holatidan 14 foizga kattaroq va 30 foiz yorqinroq ko‘rinishini bildiradi.

Birinchi «super oy» 1-avgustda, ikkinchisi - oy oxirida, 30-avgustda sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Oy fazasi 29,5 kun davom etganligi sababli, ikkita «super oy» hodisasi juda kam uchraydi. Ikkinchi to‘lin oy «moviy oy» deb ataladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring