Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yuk mashinasi piyodani bosib ketdi

Andijonda yuk mashinasi piyodani bosib ketdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Yuk avtomobil haydovchisiga ko‘rinmas hududdan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro avtomobil tagida qolib vafot etdi.

Hodisa joriy yilning 5-fevral kuni soat 14:30larda, Andijon viloyati, Asaka shahar, Beruniy MFY, I.Buxoriy ko‘chasidan o‘tgan 4R-112 «Farg‘ona xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 164-kilometrida sodir bo‘lgan.

Haydovchi, 1968-yilda tug‘ilgan D.B. «MAN» rusumli yuk avtomobilida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan vaqtida, yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro, 1938 yilda tug‘ilgan Yu.A.ni ko‘rmay qolib, harakatlanib yuborishi oqibatida urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 83 yoshli Yu.A. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Asaka shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring