Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi avtosalon egalari qamaldi

Toshkentdagi avtosalon egalari qamaldi

Toshkent shahrida fuqarolardan katta miqdordagi mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan olgan avtosalon egalariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 3 nafar shaxs poytaxtning Alisher Navoiy ko‘chasida My sars nomi bilan avtosalon ochgan. 2022 yil 16 yanvaridan 2023 yil 2 avgustiga qadar fuqarolarga avtomashinalarini 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berishlarini aytgan.

Xaridorlarni qabul qilishda esa ular go‘yoki GM Uzbekistan bilan shartnoma tuzganliklarini aytgan. Shu tariqa jami 74 nafar fuqaroning 40 mln so‘mdan to 200 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi jami — 6 mlrd 155 mln so‘mlik mablag‘ini qo‘lga kiritgan, deyiladi xabarda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi Jinoyat kodeksi 168-moddasining (Firibgarlik) tegishli bandlari bilan ayblanuvchilarga 8−9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring