Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi 3500 ta avtobusga GPS va elektron to‘lov tizimi o‘rnatiladi

O‘zbekistondagi 3500 ta avtobusga GPS va elektron to‘lov tizimi o‘rnatiladi

Foto: «Uztranstolov»

O‘zbekiston avtomobil transporti agenligi jamoat avtotransportini yo‘nalishlarda ishlashini nazorat qilish maqsadida «Yagona dispetcherlik markazi tizimini joriy etish» loyihasini amalga oshirmoqda. Bu haqda agentlik direktori Davron Dehqonov 25-iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Mazkur loyihaga muvofiq joriy yil yakuniga qadar Agentlikning markaziy apparatida Yagona dispetcherlik markazi va viloyat markazlarida hududiy dispetcherlik pultlari ishga tushiriladi. Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar markazlarida 3500 ta avtobusga masofadan turib nazorat qilish maqsadida GPS qurilmalari, shuningdek elektron to‘lov tizimi o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring