Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodagi hodisa bo‘yicha mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxorodagi hodisa bo‘yicha mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu hodisa oqibatida ikki o‘quvchi halok bo‘lgan. 

Hodisa yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, darhol tergovga kirishilgan.

Bundan tashqari, Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda ayrim mansabdor shaxslar maktab bolalarini avtobusda tashish va hamrohlik qilish ishlarini tashkil qilishda qo‘pol qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Xabar.uz manbasiga ko‘ra, bugun 19 mart kuni ikkinchi o‘quvchi ushbu YTH oqibatida vafot etgan. Yana bir o‘quvchining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring