Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Korrupsiyaga yo‘l qo‘ygani uchun «Namangan Avtotexxizmat» rahbari ishdan olindi

Korrupsiyaga yo‘l qo‘ygani uchun «Namangan Avtotexxizmat» rahbari ishdan olindi

«O‘zavtosanoat» AJ «Namangan Avtotexxizmat» MChJ dilerlik korxonasiga avtomobil savdosi bo‘yicha ko‘chma tekshiruv amalga oshirilganini ma’lum qiladi. Mazkur tekshiruv chog‘ida dilerlik korxonasi tomonidan mijozlar bilan ishlashda qo‘pol qoidabuzarlik va xatolarga yo‘l qo‘yilgani namoyon bo‘ldi.

Xususan, avtomobillar savdosidagi tizimli ishlarni tashkil etish, o‘tkazilayotgan aksiyalarni shartlariga qat’iy rioya qilish, mijozlarga o‘z vaqtida tegishli ravishda ma’lumotlar taqdim etib borish, mijozlar uchun qulay sharoitlar mavjud emasligi, xodimlarning ishlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘yish holatlari mavjudligi, shuningdek, call-markaz ishida ham doimiy uzilishlar aniqlandi.

Bundan tashqari, avtosalon omborxonalarida sotib bo‘lingan avtomobillarning mavjudligi, shunigdek, mijozlar ishtirokisiz imzolangan bir qator shartnomalar mavjudligi aniqlandi.

Tekshiruv natijasida ushbu korxonaning boshqaruv raisi ishdan olindi, uning o‘rniga mavjud xatolarni bartaraf etish va dilerlik markazini sifat va xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori darajaga ko‘tarishi lozim bo‘lgan yangi rahbar — Kamalov Zoxid Rustamovich tayinlandi. Avval Zoxid Kamalov Rossiyaning «Armada» xolding kompaniyasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Aytish joizki, tekshiruvlar davomida aniqlangan barcha hujjatlar ekspertiza uchun Namangan viloyati huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring