Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KHAYning bir qismi yopiladi

KHAYning bir qismi yopiladi

2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yunusobod tumanining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan  o‘tgan 260 metr uzunlikdagi eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan, birinchi bosqichida, KHAYning Turkqo‘rg‘on ko‘chasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat ko‘chasigacha bo‘lgan harakat yo‘nalishining bir tomoni 2024 yil 19 aprel kunidan boshlab 7 kun muddatga yopiladi.

Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring