Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Foto: iibb.uz

1-apreldan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun ariza topshirish mumkin. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmatining xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 13-fevral kuni ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va adliya vaziri Ruslanbek Davletov bu haqdagi qo‘shma qarorni imzolagan.

Yangilik butun O‘zbekiston bo‘yicha joriy etiladi. Xizmatdan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazi orqali taqdim etiladigan elektron raqamli imzo bo‘lishi lozim.

Onlayn ariza topshirish vaqtida arizachining fotosurati IIV ma’lumotlar bazasidan olinadi. Agar arizachi haydovchilik guvohnomasida yangi fotosuratini ko‘rishni xohlasa, davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurishi kerak.

Kiritilgan ma’lumotlar tekshirilganidan so‘ng davlat bojini to‘lash uchun kvitansiya tayyorlanadi. Tayyor hujjatni davlat xizmatlari markazidan olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan propiska va pochta manzilidan qat’i nazar, har qanday davlat xizmatlari markazi orqali davlat xizmatlarini olish mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring