Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Final uchrashuvi sabab «Bunyodkor» atrofida harakat cheklanadi

Final uchrashuvi sabab «Bunyodkor» atrofida harakat cheklanadi

Ertaga, 19 iyun kuni O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida Osiyo kubogi-U23 final uchrashuvi o‘tkazilishi munosabati bilan «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalar yopiladi.

IIBB xabariga ko‘ra, Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 12.00 dan soat 24.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:

— Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor  va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

— Muqimiy  va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi; 

— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring