Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropaga yuk mashinalari haydovchilari yetishmayapti: 400 mingta bo‘sh ish o‘rni bor

Yevropaga yuk mashinalari haydovchilari yetishmayapti: 400 mingta bo‘sh ish o‘rni bor

Foto: DW

Yevropa mamlakatlarida uzoq masofaga qatnovchi yuk mashinalari haydovchilarini ishga olish to‘g‘risidagi e’lonlar ko‘payib ketdi. «Indeed» mehnat onlayn birjasi tadqiqotlari shundan dalolat beradi.

«Trasporto Europa» xabar berishicha, masalan, Buyuk Britaniyada haydovchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni pandemiyagacha bo‘lgan davrga nisbatan 75 foizga ko‘paygan.

Yevropaning boshqa yirik mamlakatlarida ham shu holat kuzatilyapti. Misol uchun, Fransiyada professional haydovchilarga talab 45 foizga oshgan bo‘lsa, Germaniyada — 67 foiz, Ispaniyada — 95 foiz, Italiyada — hatto 105 foizni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda Yevropaning yuk mashinalari haydovchilariga talab eng yuqori mamlakati — Islandiya (126 foiz), eng past talab esa Polshada — 15 foiz.

Umuman olganda, Yevropaga bugungi kunda qariyb 400 ming nafar yuk mashinalari haydovchilari kerak.

Qaysi mamlakatga qancha haydovchi kerak:

  • Buyuk Britaniya — 60–70 ming nafar
  • Germaniya — 45–60 ming
  • Fransiya — 43 ming
  • Italiya — 15 ming
  • Ispaniya — 15 ming
  • Shvetsiya — 5 ming
  • Norvegiya — 3 ming
  • Daniya — 2,5 ming.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring