Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chevrolet Lacetti», «Malibu» va «Tracker» 2 foizli lizingga taklif etildi

«Chevrolet Lacetti», «Malibu» va «Tracker» 2 foizli lizingga taklif etildi

UzAuto Motors kompaniyasi yaqinlashayotgan Mustaqillik kuni va Qurbon hayiti bayramlari munosabati maxsus aksiya e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 5-avgustdan 1-sentyabrga qadar UzAuto Motors kompaniyasi «O‘zavtosanoat-Lizing» bilan hamkorlikda 1 pozitsiyali va GBJli «Chevrolet Lacetti», «Malibu» va «Tracker» avtomobillarini lizingga taklif etadi.

Aksiya shartlariga ko‘ra, xaridorlar ushbu modellarni 13 oyga yillik 2 foizga lizingga olishlari mumkin.

Boshlang‘ich to‘lov «Malibu» va «Tracker» avtomobillari uchun 50 foiz, 1-pozitsiyali va GBJli «Chevrolet Lacetti» uchun 70 foizni tashkil qiladi.

Qayd etish o‘rinliki, bu aksiya faqat yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring