Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtotransportga egalik uchun yillik yig‘im joriy etilishi mumkin

Avtotransportga egalik uchun yillik yig‘im joriy etilishi mumkin

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armalari faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, «Transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘imdan tushadigan mablag‘lar hisobini yuritish va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.  

Mazkur Nizom transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘imdan tushadigan mablag‘larni joriy qilish, to‘lash va hisobini yuritish tartibini belgilaydi.

Transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib belgilanadigan avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im miqdorini PF-5890-sonli prezident farmoniga muvofiq tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari belgilashga haqli hisoblanadi.

Avtotransport vositasiga egalik yig‘imi tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy etilganda mazkur avtotransport vositasiga egalik yig‘imini to‘lovchi sub’yektlari tomonidan yilda bir marta tegishli tuman (shahar) budjetlariga to‘lanadi.

Avtotransport vositasiga egalik yig‘imi – sub’yekti bo‘lib avtotransport vositasiga egalik qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Avtotransport vositasiga egalik yig‘imi – ob’yekti bo‘lib texnik soz bo‘lgan va foydalanishda bo‘lgan avtotransport vositalari hisoblanadi.

Shuningdek, tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan avtotransport vositasining egalariga boshqa imtiyozlar ham berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar, shuningdek, temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transporti hamda nogironlar uchun maxsus jihozlangan avtotransport vositalariga yillik yig‘imlar undirilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring