Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Amirsoy»ga eltuvchi yo‘lda o‘pirilish ro‘y berdi

«Amirsoy»ga eltuvchi yo‘lda o‘pirilish ro‘y berdi

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan, «Amirsoy» sihatgohiga olib boruvchi yo‘lning 3-kilometrida, 19-20 piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatilganligi bois, zudlik bilan FVV va boshqa idoralar hamkorligida tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Transport vositalari harakati ushbu avtomobil yo‘lida vaqtincha to‘xtatildi.

Shu sababli, dam olishga boruvchilar tuman hududidan o‘tgan 4R-6 «Toshkent-Chimyon» avtomobil yo‘lining 72-kilometrida ortga qaytarilmoqda.

Yo‘l sozlash ishlari amalga oshirilib, harakat tiklanganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Dam olishga borishni reja qilgan fuqarolardan vaqtincha «Amirsoy» tomon harakatlanmasliklari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring