Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zilzila tufayli dunyoning eng baland cho‘qqisi qaytadan o‘lchandi

Zilzila tufayli dunyoning eng baland cho‘qqisi qaytadan o‘lchandi

Foto: «Fotolia / Daniel Prudek»

Nepal va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Everestning yangi balandligi haqida ma’lum qilishdi, deya xabar berdi Nepal Yerni boshqarish vazirligi.

«Uch yil oldin davlatlarimiz Jomolungma tog‘ining balandligini birgalikda o‘lchashga kelishib olgandilar... Ikki mamlakat tadqiqot bo‘limlarining ma’lumotlariga asoslanib, Jomolungma tog‘ining yangi balandligi 8848,86 metrni tashkil etishini e’lon qilish men uchun katta sharaf», — dedi Nepal tashqi ishlar vaziri Pradip Kumar Gyavali videokonferensiya ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida.

Everestni birgalikda o‘lchash bo‘yicha kelishuvga o‘tgan yili XXR raisi Si Szinpinning Nepalga tashrifi davomida erishilgan edi. Tog‘ni yangidan o‘lchash zarurati bir qator olimlarning 2015-yilda yuz bergan zilzila tufayli tog‘ kichraygan bo‘lishi mumkin degan fikrlaridan keyin yuzaga kelgan.

2015-yil 25-aprelda Nepalda 7,9 balli kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Keyingi kuni ham mamlakatda yer silkinishlari davom etdi. Taxminan ikki haftadan so‘ng Nepalda 7,3 balli yangi zilzila qayd etildi. O‘shanda ikkita tabiiy ofat natijasida 9 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi, 22 mingdan ortiq odam jabr ko‘rdi.

2015-yilda Xitoy bir tomonlama tartibda Everest balandligini 8844,04 metr deb e’lon qilganidan so‘ng Nepal bilan Xitoy o‘rtasida Everest balandligi bo‘yicha kelishmovchilik kelib chiqdi. Chunki uning cho‘qqisi 8848 metr ekanligini hamma tan olib bo‘lgandi. Everest balandligidagi tafovut tufayli Nepal bilan Xitoy ham chegara to‘g‘risidagi protokolni imzolay olmadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring