Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy shaxmat qiroliga taqqoslandi

Zelenskiy shaxmat qiroliga taqqoslandi

Foto: «Rambler»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kuzda harkatlar dasturini taqdim etish asnosida mamlakatdagi vaziyatga butun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi. Bu haqda uning Yuqori radadagi vakili Ruslan Stefanchuk ma’lum qildi.

«Kuzdan boshlab mamlakatdagi vaziyat uchun butun mas’uliyatni zimmamizga olib, aniq harakatlar dasturini ko‘rsatamiz», — dedi Stefanchuk.

Stefanchukning aytishicha, yangi prezident jamoasining o‘z dasturi bor — odamlar kelajakka ishonchni yo‘qotmasliklari kerak, boshqa davr kelgani, yangi qoidalar asosida yashash lozimligini siyosiy munosabatlar sub’yektlari anglab olishlari shart.

Prezidentlikning «ilk kunlari» uchun Zelenskiyda reja bor, biroq har bir kun kutilmagan o‘zgarishlarni olib kelmoqda va shu sababli ayrim o‘zgartishlar kiritishga to‘g‘ri kelmoqda, dedi vakil.

«100 kun uchun fundamental maqsadlar — prezidentlik faoliyatini institut sifatida isloh qilishdan tortib, davlat auditi jarayonini kompleks ishga tushirish, sud tizimi, korupsiyaga qarshi siyosat bo‘yicha qonun loyihalarini qabul qilishgacha qamrab oladi. Prezident shaxmat taxtasidagi qirolga o‘xshaydi — o‘ta muhim figura, biroq birgina katak yura oladi», — dedi Ruslan Stefanchuk.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring