Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy: «Iltimos, suratimni xonangizga ilmang»

Zelenskiy: «Iltimos, suratimni xonangizga ilmang»

Foto: «Sluga naroda»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 20-may kuni bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimidagi nutqida deputat va vazirlardan uning portretini o‘z xonalariga ilmaslikni so‘radi.

«Sizlarning kabinetlaringizda mening suratlarim bo‘lmasligini judayam istayman, iltimos. Prezident — ikona, sajdagoh yoki portret emas. O‘sha joyga o‘z farzandlaringiz suratini ilib qo‘ying va har bir muhim qaror qabul qilishda ularning ko‘zlariga boqing», — dedi Ukraina yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring