Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ishdan olingan sobiq qo‘mondon Buyuk Britaniyaga jo‘natiladi

Ishdan olingan sobiq qo‘mondon Buyuk Britaniyaga jo‘natiladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq qo‘mondon Valeriy Zalujniyni rasman Buyuk Britaniyadagi elchi etib tayinladi. 

Avvalroq Ukraina Qurolli Kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy harbiy xizmatdan chetlatilgani haqida xabar berilgandi - prezident farmonida bu sog‘lig‘i bilan izohlangan edi.

Endi prezident Zelenskiyning rasmiy veb-saytida yana bir farmon e’lon qilindi - bu Zalujniyni Buyuk Britaniyaga elchi etib tayinlash to‘g‘risida bo‘ldi.

Zalujniyning aniq qachon elchi vazifasini bajarishi hozircha e’lon qilinmagan.

Avvalroq Ukrainaning sobiq bosh prokurori Yuriy Lutsenko televideniye orqali Kiyev Londondan Zalujniyni tayinlash bo‘yicha kelishuv olganini aytgandi.

Lutsenkoning aytishicha, sobiq bosh qo‘mondon diplomatik ishlarga tayyorgarlikdan o‘tgan va elchixonada yangi jamoa tuzmoqda.

50 yoshli Zalujniy diplomatik tajribaga ega emas va butun umri davomida armiyada xizmat qilgan. Biroq, 2020 yilda xalqaro munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik darajasini oldi.

Zelenskiy Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi avvalgi elchisi Vadim Pristaykoni 2023 yilning yozida ishdan bo‘shatgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring