Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoz uchun noodatiy ko‘rinish. Germaniyada do‘l yog‘di

Yoz uchun noodatiy ko‘rinish. Germaniyada do‘l yog‘di

Joriy yilning 4 avgust kuni tunda Germaniya janubidagi Roytlingen shahrida bo‘ron va kuchli do‘l yog‘ishi natijasida shaharda yoz uchun noodatiy ko‘rinish yuzaga keldi.

Ayrim hududlarda yerdagi do‘l qoplamsining qalinligi 30 santimetrga yetgan. Shahar hokimiyati ko‘chalarni qordan tozalash uchun maxsus texniklardan foydalanishga majbur bo‘lgan.

Avtoturargohlar, yerto‘lalar va turar-joy binolari suv ostida qolgan. Ko‘chalarni tozalash uchun 290 ga yaqin shahar xo‘jaligi xodimlari chiqqan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, do‘lning diametri 1,8 santimetr yetgan. Roytlingen shahrida oxirgi marta bunday miqdordagi yog‘ingarchilik taxminan 10 yil oldin bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring