Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada vazirlar mahkamasining yangi tarkibi shakllandi

Yaponiyada vazirlar mahkamasining yangi tarkibi shakllandi

Foto: «RIA Novosti»

Yaponiyada vazirlar mahkamasining yangi tarkibi shakllandi, deya xabar berdi hukumat bosh kotibi Yosixide Suga.

«RIA Novosti»ning yozishicha, yangi hukumatda Sindzo Abega yaqin bo‘lgan faqat ikki siyosatchi o‘z joyida qoldi: bosh kotib Yosixide Suga va moliya vaziri Taro Aso.

Vazirlar mahkamasining ikki a’zosi «gorizontal» bo‘ylab almashdi: Tashqi ishlar vazirligi rahbari Taro Kono Mudofaa vazirligini boshqaradigan bo‘ldi, uning o‘rniga esa Iqtisodiyotni tiklash masalalari bo‘yicha hozirgi vaziri Tosimitsu Motegi keldi.

Avvalgi mahkamada ishlagan yana ikki kishi qaytdi: sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri Katsunobu Kato va umummilliy masalalar vaziri Sanae Takaiti.

Yana 13 kishi hukumat tarkibiga birinchi marta kirdi:

  • ilm-fan va ta’lim vaziri Koiti Xagiuda,
  • qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vaziri Taku Eto,
  • milliy yer va transport vaziri Kadzuyosi Akaba,
  • olimpiada va paralimpiada o‘yinlari masalalari bo‘yicha vazir Seyko Xasimoto,
  • iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri Issyu Sugavara,
  • iqtisodiyotni tiklash masalalari bo‘yicha vazir Yasutosi Nisimura,
  • aholini yuz milliondan ortiq darajada saqlash masalalari, Okinava va «shimoliy hududlar» masalalari bo‘yicha vazir Seyiti Eto,
  • adliya vaziri Katsuyuki Kavai,
  • tabiiy ofatlardan so‘ng tiklanish masalalari bo‘yicha vazir Kadzunori Tanaka,
  • umumiy xavfsizlik bo‘yicha qo‘mita rahbari Ryota Takeda,
  • ilm-fan va texnologiya masalalari bo‘yicha vazir Naokadzu Takemoto,
  • hududiy masalalar bo‘yicha vazir Seygo Kitamura,
  • atrof-muhitni qo‘riqlash vaziri Sindziro Koidzumi.

Sobiq bosh vazir Dzyun’itiro Koidzumining 38 yoshli o‘g‘li Sindziro urushdan keyingi Yaponiya tarixida vazirlar mahkamasi tarkibiga kirgan eng yosh erkak siyosatchiga aylandi. Sotsiologlarning ma’lum qilishicha, kelgusida u bosh vazir lavozimiga da’vogarlik qilishi mumkin.

Shuningdek, hukumatdan tashqari mansab — xavfsizlik kengashi bosh kotibi lavozimini Sigeru Kitamura egalladi. U razvedka va tergov bo‘limini boshqargan.

Vazirlar mahkamasining yangi tarkibi o‘rtacha 61,5 yoshni tashkil etdi.

Bugun kechasi mamlakat imperatori tomonidan yangi hukumatni tasdiqlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng u rasman shakllangan deb hisoblanadi.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘z kabineti a’zolari iste’fosi to‘g‘risidagi arizani qabul qilganini xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring