Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yadro energetikasidan voz kechayotgan Shveysariya birinchi AESni yopdi

Yadro energetikasidan voz kechayotgan Shveysariya birinchi AESni yopdi

Foto: Prinston universiteti

Shveysariya 2017-yilgi referendum natijalaridan kelib chiqib, atom elektr stansiyalarini birma-bir yopishga kirishdi, deya xabar berdi «Newinform».

Ana shularning birinchisi, jahondagi eng eski AESlardan sanalgan Myullenberg kommunasidagi 47 yillik tarixga ega stansiya yopilgani haqida mahalliy televideniye xabar berdi.

«Stansiya yopilishini, albatta, biz olqishlaymiz. Bundan oldinroq yopilganida yanayam yaxshi bo‘lardi», — deya munosabat bildirdi Yadroga qarshi guruhlar fransuz federatsiyasi.

Shveysariya hukumati bayonot berishicha, endi yangi AESlar qurilmaydi, xizmat muddatini o‘tab bo‘lganlari esa navbati bilan yopib boriladi. Yopilishga keyingi nomzod — Betsnau shahrida 1969-yili qurilgan AES.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning «Fukusima-1» AESida 2011-yili sodir bo‘lgan avariyadan so‘ng shveysariyaliklar mamlakatda yadro energetikasidan voz kechishga qaror qilishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring