Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonimning shashti baland: prezidentni javobgarlikka tortmoqchi!

Xonimning shashti baland: prezidentni javobgarlikka tortmoqchi!

Foto: «Facebook»

Ukraina prezidentligiga nomzod Yuliya Timoshenko bo‘lajak siyosiy tadbirga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda. Siyosatchi xonim, mabodo saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatni korrupsiyaga botirgan barcha javobgarlikka tortilishini ta’kidlamoqda, bundan amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni ham ististo emas.

«U (Poroshenko) besh yilki, mamlakatni abgor qilish bilan shug‘ullandi. Korrupsiya Ukrainaning tinkasini quritdi. Hammasi uchun javob beradi hali...», — dedi Timoshenko Ukraina Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Yuliya Timoshenko shu yilning 22-yanvar kuni prezidentlik saylovida qatnashishini ma’lum qilgandi. Pyotr Proshenko esa hozircha jim, nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligi borasida o‘z qarorini katta ehtimol bilan 2-fevral kuni bildirishi aytilmoqda.

Qayd etish lozim, o‘tkazilayotgan ijtimoiy so‘rovlar natijalari Timoshenko xonimning imkoniyati balandligini ko‘rsatmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring